Stomatologiya klinikasini avtomatlashtirasizmi?

MyClinic – stomatologlar uchun aqlli boshqaruv tizimi

🦷 Bu oddiy dastur emas — bu sizning klinikangizning raqamli yuragi.

Bizning xizmatlarimiz

Avtomatlashtirilgan SMS va Telegram eslatmalar

Muammo:
Bemorlar uchrashuv sanasini unutib qo'yishadi yoki kelmaslik holatlari yuz beradi. Bu esa klinika uchun to'g'ridan-to'g'ri daromad yo'qotishidir.

MyClinic yechimi:

  • Dastur bemorlarga avtomatik SMS va Telegram eslatmalarini yuboradi.

  • Qabul sanasi, soati va joyini eslatadi.

  • Kelmasliklar sonini keskin kamaytiradi va bemorlar intizomini oshiradi.

Bemorlar bazasi, ko'rik tarixini

Muammo:
Bemor davolanish tarixini yoki tashxislarini topish qiyin bo'ladi, hamma narsa daftar yoki Excelda saqlanadi.

MyClinic yechimi:

  • Har bir bemor uchun to'liq profil: tashxislar, davolanishlar, retseptlar, suratlar, tahlillar va to'lovlar tarixi.

  • Hujjatlar va suratlarni bemor kartochkasiga biriktirish.

  • Har qanday vaqtda tezda kerakli ma'lumotga kirish.

Bemorlarni qayta chaqirish tizimi

Muammo:
Ko'plab klinikalar bemorni davolab bo'lib, uni qayta chaqirish yoki boshqa xizmatlarni taklif qilishni unutadi.

MyClinic yechimi:

  • Tizim bemorning oxirgi tashrifi asosida avtomatik SMS yuboradi yoki yangi xizmatlarni taklif qiladi.

  • Bemorlarni ortga qaytarish uchun eslatmalar va chaqiruvlar tizimi.

  • Bemor bilan aloqa doimiy bo'ladi.

Tezkor navbat va qabul boshqaruvi

Muammo:
Navbatlarni boshqarish qo'lda yoki daftar bilan olib boriladi. Bu esa chalkashlik va noto'g'ri navbatlarga olib keladi.

MyClinic yechimi:

  • Reception yoki administrator telefonda yoki kompyuterda navbatlarni boshqaradi.

  • Shifokorlar mobil ilovada bemorlarni navbatga qo'shadi yoki chaqiradi.

  • Barcha tizimlar real vaqtda yangilanadi.

Moliyaviy hisobot va nazorat

Muammo:
Klinikada kirim-chiqimni kuzatish qiyin, to‘g‘ri hisobot olish uchun vaqt ko'p ketadi.

MyClinic yechimi:

  • Real vaqt rejimida daromad, xarajat va foyda tahlili.

  • Har kuni, hafta va oy bo'yicha avtomatik moliyaviy hisobotlar.

  • Foyda va yo'qotishlarni oldindan ko'rish.

Bemorlarning to‘lovlari va qarzlarini boshqarish

Muammo:
Bemor to‘lovlarini yoki qarzlarini qo‘lda kuzatish qiyin. Ba’zi bemorlar to‘lovni unutadi yoki keyinga qoldiradi.

MyClinic yechimi:

  • Har bir bemorning to‘lovlar tarixi, qoldiq va qarzlarini ko‘rsatadi.

  • Qarzlari bo‘lgan bemorlarga avtomatik eslatmalar yuboradi.

  • Barcha hisob-kitoblarni tizimli ravishda yuritish imkoniyati.

Elektron imzo qo‘yish funksiyasi

Muammo:
Ko‘pgina klinikalarda shifokor va bemor orasida rozilik, davolash rejasi yoki hujjatlar qog‘ozda imzolanadi. Bu esa:

  • Vaqt talab qiladi.

  • Hujjatlar yo‘qolib qolishi mumkin.

  • Bemor yoki shifokorning imzosini tasdiqlashda muammo bo‘lishi mumkin.

MyClinic yechimi:

  • Har bir hujjat yoki tashxis elektron tarzda bemor yoki shifokor tomonidan planshet yoki telefon orqali imzolanadi.

  • Imzo avtomatik bemorning kartasiga biriktiriladi.

  • Qog‘ozsiz va ishonchli jarayon — har bir imzo arxividan istalgan vaqtda topiladi.

  • Huquqiy jihatdan yuridik kuchga ega (agar klinikada elektron imzo tizimi bilan ishlash tartibi mavjud bo‘lsa).

Doktorni baholash

Muammo:
Ko‘p klinikalarda bemor shifokordan rozi yoki noroziligini aytishga yoki bildirishga imkon bo‘lmaydi. Bu esa klinikaning xizmat sifati haqida tahlil qilish imkonini kamaytiradi.

MyClinic yechimi:

  • Har bir bemorga qabul tugagandan so‘ng avtomatik baholash formasi yuboriladi (5 ballik yoki emoji orqali).

  • Bemor shifokorni va klinikani baholaydi, fikr-mulohaza qoldiradi.

  • Menejer yoki klinika rahbari bu baholar orqali xizmatlar va shifokorlar sifatini real vaqt rejimida tahlil qiladi.

    Klinika imiji uchun muhim tanlov

Bizning Hamkorlar

Bizga bog'laning